Immobile ham Italiyaga qaytmoqda! Uning keyingi jamoasi nomi ma’lum

  • 10 iyul, 19:57
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Chiro Immobile erkin agent sifatida "Bolonya" jamoasiga o‘tdi.

Tecno

Jurnalist Leonardo Boselloning ma’lumotlariga ko‘ra, Immobile "1+1" ko‘rinishidagi shartnoma imzoladi.

Futbolchi bir mavsumda 1,8 million evro maosh va qo‘shimcha bonuslar oladi, umumiy summa 2 million evrodan oshadi.

Bundan oldin, 35 yoshli hujumchi va "Beshiktosh" klubi o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilganligi ma’lum bo‘lgan edi. Italiyalik futbolchi turk jamoasida bir mavsum to‘p tepdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!