Inesta Barselonaga keldi

  • 16.12.2020 17:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Faoliyatini "Vissel Kobe"da davom ettirayotgan Andres Inesta tizzasidan jarohat oldi.

Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 36 yoshli ispaniyalik futbolchi jarrohlik amaliyotini o‘tkazish uchun Barselonaga etib kelgan. Shifokorlarning ma’lum qilishcha, Inestaning jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o‘tgan. Endi u taxminan 4 oy davolanadi.

Inesta “Vissel Kobe”ga 2018 yilning yozida ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida Yaponiya chempionatida 13 ta gol hamda 15 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!