Inesta Yaponiyada ham chempion bo‘lib, o‘zining 37-sovrinini qo‘lga kiritdi

Yaponiya Superkubogi doirasida "Vissel Kobe" jamoasi "Yokogama Marinos" (3:3, pen. seriyasi 3:2) klubini mag‘lub etdi.

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Andres Inesta uchrashuvda to‘liq harakat qildi. 35 yoshli futbolchi o‘zining Yaponiyadagi ikkinchi chempionligini qo‘lga kiritdi, bungacha Yaponiya kubogi g‘olibiga aylangandi.

Ushbu g‘alaba ispaniyalik yarim himoyachining faoliyatidagi 37-sovrini bo‘ldi. Inesta Ispaniya La Ligasida 9 bor zafar quchgan bo‘lsa, 6 marotaba Ispaniya kubogi g‘olibiga aylangan va Ispaniya Superkubogida 7 marta chempion bo‘lgan. Bundan tashqari, Evropa chempionlar ligasida 4 marta birinchi o‘rinni egallagan.

Ispaniya terma jamoasida 2 marta Evropa chempioni bo‘lgan va bir marotaba jahon chempionligini tantana qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!