
Ingliz klublar "Barselona" futbolchisini "ko‘z tikkan"
"ESPN" nashri xabariga ko‘ra, "Liverpul", "Manchester Yunayted" va "Chelsi" qishda "Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yongni sotib olishga tayyor.
Manbaga ko‘ra, agar futbolchi kataloniyaliklarni tark etishni istasa, ingliz klublari 25 yoshli gollandiyalikni transfer qilish taklifi bilan chiqishadi.
Yozda "Barsa" futbolchini sotmoqchi edi, ammo De Yongning o‘zi ispan jamoasida qolishni ma’qul ko‘rdi.
Yarim himoyachi joriy mavsumda La Ligada 9 ta o‘yin o‘tkazib, 1 gol urishga muvaffaq bo‘ldi. "Barsa" 10 ta o‘yindan keyin La Liga turnir jadvalida 25 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar