Insayder: Jastin Getjiga polshalik jangchi raqiblik qiladi

  • 26 fevral, 13:51
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
TIGGO 2 PRO

Polshalik UFC jangchisi Mateush Gamrot (24-4-1 N/C) amerikalik Jastin Getji (25-5) bilan jangga tayyorgarlik ko‘rish uchun AQShga jo‘nab ketdi. Bu haqda "Polsat Sport" jurnalisti Pavel Strabek ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Gamrot allaqachon potentsial to‘qnashuv uchun yig‘inga kirishgan.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Getjining Den Xukerga qarshi jangi raqibining qo‘lidan olgan jarohati bois bekor qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!