
“Inter” – “Liverpul” va “Zaltsburg” – “Bavariya” uchrashuvlarini boshqarib boradigan hakamlar e’lon qilindi
Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan “Inter” – “Liverpul” va “Zaltsburg” – “Bavariya” juftliklurining ilk bahsida ishlaydigan hakamlar nomi ma’lum bo‘ldi.
UEFA matbuot xizmatining xabar berishicha, Milanda bo‘lib o‘tadigan o‘yinni Shimon Markinyak boshchiligidagi polshalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Unga qanotlarda Pavel Sokolnicki va Tomash Litskevich yordam beradi.
Zaltsburgdagi duelda Maykl Oliver boshchiligidagi angliyalik hakamlar ishlaydi. Unga qanotlarda Simon Bennett va Styuart Bart yordam beradi.
Har ikki o‘yin 16 fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 01:00da yangraydi.
Fikrlar