"Inter" "Barselona" iqtidori uchun 30 million evro to‘lashga tayyor

  • 08.10.2022 18:45
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" himoyachisi Alexandro Balde "Inter"ga o‘tishi mumkin, deb xabar berdi "El Nacional".

“Neradzurrilar” rahbariyati kataloniyaliklarning 18 yoshli chap qanot himoyachisi uchun 30 million evro to‘lashga tayyor. Alexandroning ispan klubi bilan shartnomasi 2024 yilda yakuniga etadi.

Eslatib o‘tamiz, Balde o‘tgan mavsumda "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibida debyut qilgan, shundan buyon u "Barselona" libosida 14 ta o‘yin o‘tkazgan.

Joriy mavsumda futbolchi Ispaniya La Ligasida 6 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!