"Inter" dramatik bahsda "Yuventus"ni mag‘lub etdi

  • 15.02.2026 03:24
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

A Seriyaning 25-turida "Inter" o‘z maydonida "Yuventus"ni 3:2 hisobida yengdi.

17-daqiqada turinliklar himoyachisi Andrea Kambyazo avtogol muallifiga aylandi. 26-daqiqada esa u raqib darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni tenglashtirdi.

32 va 42-daqiqalar oralig‘ida "Yuventus" himoyachisi Pyer Kalulu ikki sariq kartochka olib, maydondan chetlatildi. Ikkinchi ogohlantirish Alessandro Bastoni bilan bog‘liq epizodda simulyatsiya uchun berildi.

76-daqiqada "Inter" hujumchisi Fransesko Esposito milanliklarni oldinga olib chiqdi. 83-daqiqada yarim himoyachi Manuel Lokatelli hisobni tenglashtirdi — assist Ueston Makkenni hisobida ikkinchi bo‘ldi.

90-daqiqada esa mezbonlar yarim himoyachisi Petr Zelinski g‘alaba golini kiritdi.

Bu natijadan so‘ng "Inter" 61 ochko jamg‘arib, jadvalda ikkinchi o‘rinda borayotgan "Milan"dan 8 ochkoga ilgarlab ketdi. "Yuventus" esa hozircha 4-pog‘onada qolmoqda.

  • Italiya - A Seriya
  • Joriy Mavsum
2930.png

Inter

  • Andrea Cambiaso 17'
  • Pio Esposito 76'
  • Piotr Zieliński 90'
Tugadi
3 : 2

15.02.2026 00:45

625.png

Yuventus

  • Andrea Cambiaso 26'
  • Manuel Locatelli 83'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!