
"Inter" EChL chorak finaliga chiqqani uchun qancha pul ishlab oldi?
"Inter" Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqqani uchun qancha pul ishlab olgani ma’lum bo‘ldi. Jurnalist Daniel Marining fikricha, "neradzurrilar" keyingi bosqichga chiqqani uchun 10,6 million evro olgan. Joriy mavsumda Evropaning eng nufuzli musobaqasidan tushgan umumiy daromad 68,5 million evroni tashkil qildi.
Nimchorak finalda "Inter" "Portu"ni ikki o‘yin hisobda (1:0) hisobida mag‘lub etgandi. Jamoa 2011 yildan buyon ilk marta Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, 2005/06 yilgi mavsumdan beri birinchi marta Italiyaning uchta jamoasi birdaniga Chempionlar ligasi chorak finali yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Inter"dan tashqari "Milan" va A Seriya etakchisi "Napoli" ham kubok uchun kurashni davom ettiradi.
Fikrlar