“Inter” futbolchisini Angliyaning ikki grandiga bermadi
Italiya A Seriyasida yetakchilik qilayotgan Milaning “Inter” klubi hujumchisi Franshesko Pio Esposito Angliya Premier-ligasining ikki vakilida jiddiy qiziqish uygʻotdi.
20 yoshli futbolchini “Arsenal” va “Manchester Yunayted” oʻz safiga qoʻshib olish maqsadida “Inter”ga murojaat qildi.
Taniqli insayder Nikolo Skiraning taʼkidlashicha, milanliklar Angliya grandlarining chorloviga rad javobini bergan.
Bosh murabbiy Kristian Kivu va sport direktori Piero Auzilio Espositoda ulkan salohiyat bor, deb hisoblaydi va futbolchi transferi boʻyicha takliflarni koʻrib chiqmoqchi emas.
Transfermarkt portali ekspertlari bahosiga koʻra, istiqbolli italyalik hujumchining bozor qiymati 35 million yevroga teng. Joriy mavsumda Esposito “Inter” safida barcha turnirlarda 35 oʻyinda 7 gol va 6 assist qayd etgan.
Fikrlar