"Inter" Hakimining transfer ishini puxta qilmoqda
"Borussiya" safida ijara asosida to‘p surayotgan "Real" himoyachisi Ashraf Hakimining "Inter"ga transferi shartlari ma’lum bo‘ldi.
Football Italia nashriga ko‘ra, klublar o‘rtasidagi kelishuvda madridliklarning 21 yoshli marokashlik futbolchini "Inter"dan qayta sotib olish huquqi bo‘lmaydi.
Oldinroq, Hakimi "Inter"ga 40 mln evro evaziga ko‘chib o‘tayotgani va u Milan klubida yiliga 5 million evro ishlab topishi xabar qilingan edi.
Joriy mavsumda Hakimi "Borussiya" safida 43 o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urgan va 10 golli uzatma uzatgan. Transfermarkt.com portali marokashlik futbolchini 54 million evroga baholamoqda.



Fikrlar