
"Inter" jarohat olgan Lukakuni yana bir mavsum olib qolmoqchi
Italiyaning "La Gazetta dello Sport" nashrining habar berishicha, “Inter” Romelu Lukakuni yana bir mavsum ijaraga olmoqchi va ikkala klub o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Italiya jamoasi qo‘shimcha bir yil uchun 8 million evro bermoqchi. Futbolchi yozgi transferlar oynasida 1 mavsum ijara asosida "neradzurrilar" safiga qo‘shilgandi.
Lukaku joriy mavsumda jami 3 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Ayni damda u jarohatda bo‘lib, uchrashuvlarda qatnasha olmayapti.
Fikrlar