"Inter" Lautaro va "Real" o‘rtasidagi kelishuvni "Barsa"dan sir tutgan

  • 14 sentabr, 2020, 16:44
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN
"Inter" hujumchisi Lautaro Martines "Real" ga o‘tadi, klublar kelishuvga erishdilar, deb xabar bermoqda "Sport Mediaset" nashri. Manbaning xabariga ko‘ra, italiyaliklar ushbu transferni "Barselona" bilan yarim himoyachi Arturo Vidal transferi borasida muzokaralar olib borilishi sababli sir saqlagan.
 
"Ko‘k-anorranglilar" argentinalik hujumchini hozirgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilagan edi.
 
Shuningdek, Martinesning sotilishi "neradzurri"larga "Real"dan 40 mln evroga sotib olingan himoyachi Ashraf Hakimi transferi xarajatlarini qoplashga imkon berishi haqida xabar berilmoqda. Martinesning "Real"dagi maoshi yiliga taxminan 8 mln evroni tashkil qilishi kutilmoqda. Bu "Inter"dagi maoshdan 3 mln evroga ko‘p, ammo "Barselona" taklif qilayotganidan 2 mln evroga kam.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!