"Inter" o‘z safiga 2 nafar PSJ futbolchisini qo‘shib olishni rejalashtirmoqda

  • 11.11.2019 15:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Milanning "Inter" klubi o‘z safini PSJning ikki nafar himoyachisi bilan kuchaytirmoqchi.

Corriere dello Sport nashrining yozishicha "neradzurrilar" bu borada Tomas Mene va Layvin Kurzavalarni ko‘z ostilariga olib qo‘yishgan. Ta’kidlash kerakki, ularni qo‘lga kiritish “Inter”ga ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmasligi mumkin. Chunki, ular PSJ safida asosan zaxira futbolchisiga aylanib qolishgan va etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lisholmayapti.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli Mene joriy mavsum PSJ safida 10 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. 27 yoshli Kurzava esa 8 ta o‘yinda ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!