"Inter" qishda MYu yarim himoyachisini qo‘lga kiritmoqchi

  • 30 sentabr, 2019, 21:45
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachisi Nemanya Matich faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "Inter" klubi ustozi Antonio Konte qishda MYu futbolchisi Nemanya Matichni Milanga jalb qilmoqchi. Murabbiy bu orqali yarim himoyani mustaxkamlamoqchi. Qolaversa, serbiyalik futbolchi MYudagi o‘rnidan norozi. Shu boisdan ham uning jamoadan ketish ehtimoli yo‘q emas.

Ma’lumot o‘rnida, Nemanya Matichga Italiyaning "Milan" va "Yuventus" klublari ham qiziqish bildirishmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!