
"Inter" safarda mag‘lub bo‘ldi (video)
Italiya A Seriyasining 16-turida “Inter” safarda “Sampdoriya” mehmoni bo‘ldi.
Afsuski, “neradzurrilar” ushbu o‘yinda 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi va 1-o‘ringa ko‘tarilib olish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi. Shu kuni “Sampdoriya”ga g‘alaba keltirgan gollarga Antonio Kandreva (23') hamda Balde Keyta (38') mualliflik qilgan bo‘lsa, “Inter”ning yagona golini Stefan de Vrey (65') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar