
"Inter" Turin klubiga qarshi o‘yindan oldin Eriksenni yo‘qotdi
"Inter" yarim himoyachisi Kristian Eriksen jarohat olib safdan chiqdi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 29 yoshli daniyalik futbolchi ayni damda yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Uning 14 mart kuni "Torino"ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi ham so‘roq ostida turibdi.
Eriksen joriy mavsum "Inter" safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi.
Fikrlar