"Inter" va "Basa" muzokaralari to‘xtab qoldi

  • 15 aprel, 2020, 15:55
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Barselona" va "Inter" forvard Lautaro Martines transferi bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqida Sky Sport Italia nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, klublar o‘rtasidagi suhbat kutilganidek davom etayotgan edi, ammo keyinroq kataloniyaliklar futbolchining narxini pasaytirilishini (Martines shartnomasining narxi 111 million evroni tashkil qiladi) xohlaganidan so‘ng muzokaralar to‘xtab qoldi.

Italiya nashrlari xabariga ko‘ra, "ko‘k-anor rangliklar" argentinalik futbolchining transferi ishini koronavirus pandemiyasi sabab qayta ko‘rib chiqishi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!