"Inter" va "Milan" yozda Frantsiya terma jamoasi hujumchisi uchun raqobatlashadi
"Inter" va "Milan" klublari "Lill" hujumchisi Jonatan Ikone uchun kurash boshladi. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, milanliklar Frantsiya terma jamoasi a’zosini shu yoz sotib olishni rejalashtirmoqda. Aytish lozimki, Ikonega "Lester" va "Chelsi" ham qiziqmoqda.
22 yoshli Jonatan asli PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U “Lill” safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. Ikone joriy mavsum 34 ta o‘yinda ishtirok etdi va 7 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. U Frantsiya terma jamoasida 4 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar