"Inter" va "Tottenxem" yozda bir futbolchi uchun kurashishadi

  • 28.03.2019 21:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Inter" va "Tottenxem" klublari "Verder" hujumchisi Maks Kruzega qiziqish bildira boshlashdi.

Sky Sport Deutschland tarqatgan xabarga ko‘ra “neradzurrilar” ham, “shporlar” ham 31 yoshli futbolchining yozda erkin agentga aylanishidan foydalanib, o‘z saflariga qo‘shib olishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Kruze joriy mavsum “Verder” safida jami 28ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 12ta assist yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!