"Inter" Vlashichning transferi bo‘yicha taklif tayyorlamoqda

  • 07.09.2020 16:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

TsSKA yarim himoyachisi Nikola Vlashich faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Metaratings nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, xorvatiyalik futbolchini “Inter” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Neradzurrilar” uning transferi uchun moskvaliklarga 25 million evro va yana qo‘shimcha bonuslar berishmoqchi.  Vlashich esa hozircha jamoasini almashtirishni rejalashtirmayapti. Ammo qishgacha TsSKAning natijalari yaxshilanmasa, u ketish haqida o‘ylab ko‘rishi mumkin.

Nikola TsSKA safida 2018 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 73 ta o‘yinda maydonga tushdi va 24 ta gol hamda 16 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!