"Inter"ga Insine kerak

  • 13.08.2021 08:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" rahbariyati shu yozgi transferlar davrida "Napoli" hujumchisi Lorentso Insine bilan shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "nerradzurilar" direktori Beppe Marotta Insine uchun neapolliklarga 15 million evro va chililik hujumchi Aleksis Sanchesni qo‘shib berishga tayyor.

O‘z navbatida, "Napoli" rahbariyati Sanchesning xizmatiga qiziqish bildirmayapti va Insineni 30 mln evroga baholamoqda.

O‘tgan mavsum italiyalik futbolchi A Seriyada 35 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 19 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, "Inter"ning asosiy hujumchisi Romelu Lukaku "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!