Internetda "Manchester Yunayted"ning yangi mavsumda foydalanadigan safar libosi surati paydo bo‘ldi (FOTO)
TalkSport portalida “Manchester Yunayted” klubining yangi 2022/2023 yilgi mavsum uchun libosi suratlari paydo bo‘ldi.
O‘tgan mavsum uchun chiqarilgan safar libosi 1990/1992 yilgi mavsumlardagi libosni yodga solar edi. Yangi mavsum uchun tayyorlangan libosning pastki qismi (shortik) qora rangda bo‘ladi.

Manbaga ko‘ra, bu libos jamoaning 2010/2011 yilgi mavsumida foydalangan safar libosidan ilhomlangan holda tayyorlangan. Aytish kerakki, bu MYuning so‘nggi muvaffaqiyati hisoblanadi. O‘shanda “qizil iblislar” Chempionlar ligasi finaliga qadar etib borgan va yakunda “Barselona”ga imkoniyatni boy bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” bu mavsum APLda 7-o‘rinni egalladi.

Fikrlar