"Inter"ni "Alyants"dagi armoni
Italiya A Seriyasining 26-turida "Yuventus" o‘z maydonida "Inter" (2:0) klubini taslim qildi.
Turin jamoasi o‘z uyida "neradzurrilar"ga qarshi kechgan so‘nggi 5 ta bellashuvda birorta gol o‘tkazib yubormadi. Bu "oq-qoralar"ning 1999 yildan buyon qayd etgan eng yaxshi natijasi bo‘ldi.
Aynan 21 yil avval, "Yuve" milanliklarga qarshi kechgan ketma-ket 7 ta uy o‘yinida o‘z darvozalari daxlsizligini saqlay olgan.

Fikrlar