"Intriga cho‘qqiga chiqmoqda"
Angliya Premer Ligasining qoldirilgan 19-tur o‘yini o‘tkazildi. "Liverpul" o‘z maydonida "Lids"ga javobsiz 6ta gol urishga erishdi. Sharhlovchi Davron Fayziev "Telegram" kanalida ushbu bahs haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"Ortiqcha ta’rifga xojat yo‘q. Hisob o‘zi aytib turibdi. "Liverpul" "Lids"ni yo‘q qilib tashladi, 6:0. Salah va Maneda dubl, ikkita markaziy himoyachi Van Deyk va Matip bittadan urishdi.
"Liverpul" o‘sha bitta kam uchrashuvini o‘tkazdi va endi "Siti" bilan o‘yinlar soni teng. Oradagi farq esa 3 ochkogacha qisqardi. Intriga cho‘qqiga chiqmoqda. Oldinda o‘zaro o‘yin ham bor", - deya yozib qoldirdi Fayziev.
Fikrlar