Irina Alekseeva: “Braziliyalik muxlislar raqibga o‘lim tilashadi”
Rossiyalik MMA jangchisi Irina Alekseeva braziliyalik raqibasi bilan bo‘ladigan jang arafasida o‘z fikrlari va kutayotgan hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, u Rossiya va Braziliya muxlislarining xulqidagi katta farqni ta’kidladi.
“Mening raqibam — Braziliya vakilasi Meskita. Uni albatta juda kuchli qo‘llab-quvvatlashadi. Bu tabiiy holat. Moskva shahrida jang qilganimda meni ham hamma qo‘llagan. Faqat Rossiyada jangchini qo‘llashadi, ammo raqibga qarshi hech narsa baqirishmaydi. Braziliyada esa muxlislarning odati boshqacharoq — ular raqibga hatto "o‘l" deb baqirishlari mumkin. Bunday holatda o‘zimni qanday tutishimni bilmayman. Hozircha bosim sezmayapman, butun e’tiborim bahsning o‘zida. Ilgari hech qachon butun arenaning menga qarshi bo‘lishini his qilmagandim. Ko‘ramiz, bu sinovdan qanday o‘taman ekan”, — dedi Alekseeva “Chempionat” muxbiri Sergey Sorokin bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, Irina Alekseeva 12 oktyabr kuni "UFC Rio" turnirida Beatris Meskita bilan kurash olib boradi.

Fikrlar