
Iroqda jahondagi eng katta stadion quriladi
Saudiya Arabistoni qiroli Salom ibn Abdulaziz Al Saud Iroqda 135 ming muxlisga mo‘ljallangan jahondagi eng katta stadionni qurishga va’da berdi. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Bu qaror 28 fevral kuni Iroq hamda Saudiya Arabistoni terma jamoasi o‘rtasidagi bahsdan so‘ng qabul qilingan. O‘sha o‘yinda iroqliklar 4:1 hisobida zafar quchishgan edi.
Iroq hukumati ham Saudiya Arabistoni qirolining mamlakatda stadion qurishini ma’qulladi.
Fikrlar