Isko o‘z agentidan boshqa jamoalarning takliflarini o‘rganishni so‘radi

  • 08.03.2019 10:10
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi yarim himoyachisi Isko baribir jamoadan ketish niyatidan qolmayapti.

Calciomercato nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 26 yoshli ispaniyalik futbolchi agentidan o‘ziga qiziqish bildirayotgan "Manchester Siti" va "Yuventus" klublari bilan bog‘lanishni so‘ragan. U yozda mana shu ikki klubdan biriga o‘tmoqchi.

Ma’lumot uchun, Isko joriy mavsum “Real” safida jami 26ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 4ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Transfermarkt talqini bo‘yicha uning narxi 60 mln evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!