Islam Aslanov Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini bitta bronza medali bilan yakunladi

  • 29 avgust, 2021, 14:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Hozirgina hamyurtimiz Islam Aslanov para suzish bo‘yicha erkaklar o‘rtasida S13 klassida 50 metrg masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan final bahsida ishtirok etdi.

Tecno

Aslanov medallar uchun kechgan murosasiz kurashda 23.85 soniya natija bilan 4-o‘rinni egalladi. Afsuski, sportchimiz 3-o‘rindagi ukrainalik raqibidan bor yo‘g‘i 0.2 soniyaga kech qoldi.

Eslatib o‘tamiz, Aslanov 100 metrga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Shu tariqa u Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!