Islom Maxachev-Aleksandr Volkanovski jangida kim g‘alaba qozonadi? (So‘rovnoma, 1-qism)

  • 06.02.2023 17:05
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Ma’lumki, 12 fevral kuni Avstaraliyaning Pert shahrida “UFC 284” turniri tashkil etiladi. Markaziy jangda hozirgi kundagi promoushenning ikki chempioni engil vazn (70.3 kg) toifasi etakchisi Islom Maxachev hamda yarim engil vazn (65.8 kg) chempioni hamda Pound For Pound etakchisi Aleksandr Volkanovski oktagonga ko‘tariladi.

Biz an’anaga muvofiq yurtimiz MMA olami vakillarining ushbu qarama-qarshilik haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

Jahongir Qoraboev –murabbiy

- Islom Maxachevda imkoniyat ko‘proq deb o‘ylayman. Sababi, Maxachev vazn toifasida ham jismoniy holatida ham ustunlik bor. Nazarimda uzog‘i 2-raundda Islom g‘alaba qozonadi.

ja=ongir oraboev

Hasan Ergashev – O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi vitse-prezidenti

- Islomni imkoniyati har taraflama yuqori. “Stoyka”si, kurashi umuman boshqa darajada. Jang g‘olibi haqida gapirmasa ham bo‘ladi...

xasan ergashev

Nozimjon To‘ychiev – O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Andijon viloyati mutasaddisi

- Aleksandr Volkanovskiga hurmat saqlagan holda, aytish mumkinki, bu jangda Islom Maxachev muddatidan avval g‘alabani qo‘lga kiritadi.

nozimjon tщychiev

Mirzohid Ataboev – murabbiy, kikboksing bo‘yicha jahon chempioni

- Har ikkisi o‘z vazn toifasining eng yaxshilari, shuning uchun ham ular chempion! Bunday saviyadagi jangchilar to‘qnashuvida kim xatoga yo‘l qo‘ysa, o‘sha mag‘lubiyatga uchraydi. Imkoniyatlar borasida esa, baribir Maxachev ustunroq. Chunki, MMAda kurash va grepling katta rol o‘ynaydi. Shu ustunligi Maxachevga g‘alabani taqdim etishi mumkin. Imkoniyatlarni 60/40 deya baholagan bo‘lardim. Albatta, Maxachev foydasiga.

mirzoxid atabaev

Valijon Azimov – O‘zbekiston MMA assotsiatsiyasi Surxondaryo viloyati mutasaddisi

- Juda qiziqarli jang bo‘ladi. Har ikkisi ajoyib atletlar hisoblanadi. Biroq, Maxachevning kurashi va “parter”dagi harakatlari yakuniy rol o‘ynaydi, degan fikrdaman. Aynan, ushbu omil Maxachevning jangda g‘alaba qozonishiga zamin yaratadi.

valijon azimov

Farruh Madaminov – murabbiy

- To‘g‘risi, har ikkisi juda kuchli va imkoniyati yuqori jangchilar. Qolaversa, Aleks o‘z yurtida jang qiladi va bu motivatsiya berishi mumkin. Biroq, MMAda kim yaxshi tayyorgarlikka ega bo‘lsa, o‘sha g‘alaba qozonadi. O‘ylaymanki, Islom har tomonlama mukammal jangchi va uning kurashi Volkanovskiga muammo bo‘ladi. Imkoniyatlar 60/40 Islom foydasiga!

farrux madaminov_1

Jahongir Asronov – murabbiy

- Albatta, Maxachev bu jangda yaqool favorit, deb o‘ylayman. Ko‘pchilik Volkanovskini “stoyka”sini gapirishmoqda va uning bu borada ustunligini aytishyapti. Ammo, men bu fikrga qo‘shilmayman. Islom “stoyka”da ham undan aslo qolishmaydi. Kurash va grepling borasida esa Volkanovskiga umuman imkon qoldirmaydi. Yakuniy fikrim, Islom Maxachev bu jangda g‘alaba qozonadi.

Jaxongir Asronov_1

Saidyoqub Qahramonov – UFC jangchisi

- Yaxshi jang bo‘lishi aniq. Har ikkisi ham kuchli jangchilar. Agar, Islom “stoyka”da zarba o‘tkazib yubormasa, bemalol g‘alaba qozonadi.

Saidyoyub

Mavlonbek Mavlonov –murabbiy

- Maxachevning ustunlik jihati ko‘p. Bo‘yi, jismoniy holati, kurashi umuman har tomonlama ustunligi bor. Volkanovskini xatto Maks Xollouey hamda Ortega ham yiqita olgan. Maxachevga bu borada qiyin bo‘lmaydi. To‘g‘ri, Volkanovski 1-2 “teyk-daun”lardan keyin tura olishi mumkin. Biroq, keyingilarida charchab qoladi. Bu jangda Islom “sabmishen” yoki “parter”dagi ketma-ket zarbalar evaziga texnik nokaut bilan g‘alaba qozonadi.

mavlon mavlonov

Musa Mametov – murabbiy, qo‘l jangi bo‘yicha jahon chempionati sovrindori

- Shubhasiz, Islom Maxachevning imkoniyati yuqori. Chunki, uning qo‘l zarbalari juda yaxshi shakllangan. Qolaversa, kurashi kuchli va “parter”da ajoyib harakat qiladi. MMAda aynan shu uslublar asosiy vazifani bajaradi.

muso

Bobur Tagiev – muaytay, MMA jangchisi

- Islom Maxachev hamda Aleksandr Volkanovski jangi haqida gapiradigan bo‘lsak, bu bahs uzog‘i 3 raund davom etsa kerak. Albatta, Maxachev g‘alaba qozonadi. Istagim ham xohishim ham aslida shunday. Umid qilaman, Islom bu safar ham o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga etishadi.

bobur tagiev

Firdavs Hasanov –MMA jangchisi

  1. - Maxachev-Volkanovski jangi haqidagi fikrim shuki, Islom Maxachevning gabariti juda katta. Bo‘y hamda vazn borasida ham ustunlik Maxachev tarafida. O‘ylaymanki, 3 yoki 4-raundda Islom “sabmishen” yoki nokaut bilan bilan g‘alaba qozonadi. Albatta, Islom Maxachevga muxlislik qilamiz!

firdavs

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!