Islom Maxachev va Arman Tsarukyan to‘qnashuvi uchun zaxira jangchisi topildi

  • 30 dekabr, 2024, 11:39
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Braziliyalik UFC jangisi Renato Moykano "UFC  311" turnirida Arman Tsarukyan o‘rniga ushbu vaznda amaldagi chempion Islom Maxachev bilan uchrashishga tayyor.

Tecno

"Men Maxachev qanday jang qilishini bilaman. To‘g‘ri, atrofimdagilar menga ishonmaydi, biroq men hech kimga ahamiyat bermayman. 19 yanvar kuni raqibim Dariush bo‘lmaydi. Men kamar uchun kurashaman, chunki Tsarukyan jangdan chekinadi”  – dedi Renato You Tube dagi "Show me the money" kanaliga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Moykano "UFC 311" turnirida Beneil Dariushga qarshi jang o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!