Islom Maxachev va Iliya Topuriya jangi engil vaznda o‘tkazilishini xohlardim
UFC sharhlovchisi Jo Rogan promoushen yulduzlari – Islom Maxachev va Iliya Topuriya oʻrtasidagi ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Iliya — haqiqiy yirtqich, u boshqa darajada va kundan-kun faqat yaxshilanib boryapti. Topuriya va Maxachev bahsi tarixdagi eng texnikali ikki jangchi oʻrtasidagi super toʻqnashuv boʻladi. Men bu jangni engil vazn toifasida oʻtkazilishini juda istardim”, – dedi Rogan oʻzining You Tube kanalida.
Maʼlumot uchun, 34 yoshli Maxachev UFC da 16 ta jangdan iborat gʻalaba seriyasini davom ettirmoqda. "UFC 322" turnirida boʻlib oʻtgan soʻnggi jangida rossiyalik Avstraliya vakili Jek Della Maddalenaga qarshi kurash olib borib, yakunda hakamlarning yakdil qarori bilan gʻalaba qozondi.
29 yoshli Iliya Topuriya toʻqqiz gʻalabali seriyada kelyapti. U "UFC 317" oqshomida Charlz Oliveyrani texnik nokautga uchratganidan buyon oktagonda koʻrinish bermadi.
Fikrlar