Islom To‘xtaxo‘jaev: Xitoy va Janubiy Koreya bilan muhim o‘yinlarda g‘alabaga erishmoqchimiz

  • 22.08.2017 15:22
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Jahon chempionati-2018 saralashining so‘nggi 2 uchrashuviga hozirlikni davom ettirmoqda.

Milliy terma jamoamizning oldindagi o‘yinlariga tayyorgarligi xususida “Lokomotiv” jamoasi himoyachisi Islom To‘xtaxo‘jaev o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi.

Tayyorgarlik jarayonini boshlab yubordik. Oldinda bizni juda muhim va mas’uliyatli o‘yinlar kutyapti. Nasib etsa, ushbu uchrashuvlarda ijobiy natijaga erishib, eng ezgu maqsadimizga etmoqchimiz. Yig‘inga sekin-asta xorijdagi futbolchilar ham etib kelishmoqda. Barchaning kayfiyati a’lo darajada. Agar muxlislarimiz bizni duo qilib turishsa, albatta o‘z niyatimizga etamiz va mundial yo‘llanmasini qo‘lga kiritamiz, – deydi tajribali futbolchi “Lokomotiv” matbuot xizmatiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!