Leonardo "Milan" futbolchisini Parijga olib kelmoqchi

  • 19.04.2020 09:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Milan" klubi yarim himoyachisi Ismoil Bennaser faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

Le10sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 22 yoshli jazoirlik futbolchiga PSJdan jiddiy qiziqishlar paydo bo‘la boshlagan. Uni shaxsan parijliklar sport direktori Leonardo tarkibda ko‘rishni xohlamoqda.

Ta’kidlash kerakki, Leonardo “Milan”da ishlab yurgan paytlarida Bennaserning jamoaga kelishida bevosita ishtirok etgan. “Rossonerilar” esa uning transferini 30 mln evroga baholashmoqda.

Ismoil Bennaser joriy mavsum “Milan” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta golga assistentlik qilishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!