Ispan futbolida katta mojaro: "Real" sobiq futbolchisi hibsga olindi

  • 28 may, 2019, 19:38
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mazkur o‘yin oldidan "Ueska" La Liga masalasini hal etib bo‘lgan edi. "Ximnastik" esa ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan edi. Jamoalar orasida turnir jadvalidagi tafovut 29 ochkoni tashkil etgan bo‘lsada, Ukraina va Osiyoda bukmekerlar "Ximnastik"ning g‘alabasiga katta koefitsient taklif etishgan va bu huquq-tartibot organlarining e’tiboriga tushgan.

Tecno

Politsiya shuningdek boshqa yana bir uchrashuv borasida ham shubhalanmoqda. Ayni vaqtga qadar ushbu ish yuzasidan bir qancha insonlar hibsga olingan. Ular orasida "Real" sobiq futbolchisi Raul Bravo ham bor. Shuningdek "Valyadolid" yarim himoyachisi Borxa Fernandes, "Deportivo" himoyachisi Inigo Lopes va yana bir qancha sobiq futbolchilar ham qamoqqa olingan. Bundan tashqari "Ueska" prezidenti va klub shifokorlar shtabi ham mazkur ro‘yxatdan o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!