Ispaniya kubogi. Ilk finalchi nomi ma’lum bo‘ldi
Ispaniya kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan “Valensiya“ - “Atletik“ uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchdi.
O‘yindagi yagona gol portugaliyalik Gedesh nomiga qayd etildi. U uzoq masofadan kuchli zarbasi bilan raqib darvozasini ishg‘ol etdi.
Ushbu natijadan so‘ng “Valensiya“ Ispaniya kubogi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi, “Atletik“ esa yarim finalda musobaqani tark etishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar