Ispaniya Superkubogi Saudiya Arabistonidan boshqa joyga ko‘chirilishi mumkin

  • 01.12.2020 18:24
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya Superkubogi bellashuvi joriy mavsum Saudiya Arabistonidan boshqa davlatga ko‘chirilishi mumkin.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, pandemiya sababli stadionga tomoshabinlar kirishi taqiqlansa, musobaqani Saudiya Arabistonida o‘tkazish iqtisodiy jihatdan foydasiz bo‘ladi.

Hozir tomonlar o‘rtasida tuzilgan shartnomani qayta ko‘rib chiqish va musobaqani Ispaniyaga o‘tkazish imkoniyati o‘rganilmoqda.

Bu safar Superkubok bellashuvlarida "Real", "Barselona", "Atletik" va "Real Sosedad" klublari ishtirok etadi. O‘yinlar 2021 yilning 13-17 yanvar kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!