Ispaniya terma jamoasiga kimlar chaqirildi?

  • 30 avgust, 2019, 17:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Moreno Evro-2020 saralashidan o‘rin olgan Ruminiya va Farer orollariga qarshi bo‘ladigan o‘yinlar uchun quyidagi futbolchilarni tarkibga jalb etdi:

Darvozabonlar: David De Xea ("Manchester Yunayted"), Kepa Arrisabalaga ("Chelsi"), Pau Lopes ("Roma");

Himoyachilar: Dani Karvaxal, Serxio Ramos (oba - "Real"), Mario Ermoso ("Atletiko"), Diego Lorente ("Real Sosedad"), Unai Nunes ("Atletik"), Jordi Alba ("Barselona"), Xose Luis Gayya ("Valensiya");

Yarim himoyachilar: Serxio Buskets ("Barselona"), Rodri ("Manchester Siti"), Dani Parexo ("Valensiya"), Tiago Alkantara ("Bavariya"), Fabian Ruis ("Napoli"), Saul ("Atletiko"), Suso ("Milan"), Dani Sebalos ("Arsenal"), Xesus Navas ("Sevilya");

Hujumchilar: Mikel Oyarsabal ("Real Sosedad"), Rodrigo Moreno ("Valensiya"), Pako Alkaser ("Borussiya D"), Pablo Sarabiya (PSJ).

Ma’lumot uchun, Ispaniya dastlab 5 sentyabr kuni Ruminiyaga qarshi, 8 sentyabr kuni esa Farer orollariga qarshi o‘ynaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!