Ispaniyada 19 yoshli futbolchi hayotdan ko‘z yumdi
Ispaniyada qo‘rqinchli holat sodir bo‘ldi ."Kolindres" klubi darvozaboni Raul Ramires 19 yoshida vafot etdi.
Fojia Tercera RFEF (Ispaniya 5-divizioni) doirasidagi "Kolindres" – "Revilla" uchrashuvi vaqtida ro‘y berdi. Raul Ramires to‘p uchun kurashda boshidan jarohat oldi va bu yurak to‘xtashiga sababchi bo‘ldi. Jamoa murabbiyi Rafa de Penya birinchi yordam ko‘rsatdi.
Biroq shoshilinch yordam mashinasida unda yana yurak to‘xtashi kuzatildi. Shifoxonada esa yosh darvozabon hayotdan ko‘z yumdi.
Klub rasmiy bayonot berib, Raulning oilasi va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etdi. Ispaniya futboli jamoatchiligi ham yosh darvozabon xotirasini yodga olib, unga hurmat bildirdi.
Fikrlar