Ispaniyaning 3-divizionida ishtirok etadigan klub Ibragimovich bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi

  • 29 oktabr, 2019, 20:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniyaning Segunda V ligasida ishtirok etadigan "Merida" klubi "Los-Anjeles Gelaksi" forvardi Zlatan Ibragimovich bilan shartnoma imzolagani haqida e’lon qildi.

Tecno

“Hush kelibsan Ibragimovich. Biz bu transferni ortiq yashirib turolmaymiz”, - deb yoziladi klub rasmiy tvitterida chop etilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 38 yoshli shvetsiyalik futbolchining AQSh klubi bilan amaldagi shartnomasi 31 dekabr kuni o‘z nihoyasiga etadi. Unga esa “Napoli”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!