
Israel Adesanya: "Chimaev va Uittaker jangi 4-raundda yakunlanadi"
O‘rta vaznda sobiq UFC chempioni Israel Adesanya Robert Uittaker va Xamzat Chimaev o‘rtasidagi bo‘lajak jang uchun o‘z prognozlarini bildirdi.
"Robert odamlarga o‘zining kimligini eslatib qo‘yishi zarur. Lekin buning uchun avval Chimaevning dastlabki raundlardagi bosimiga bardosh berishi kerak. Menimcha, bu bahsda avstraliyalik jangchi 4-raundda raqibini nokautga uchratadi", - dedi nigeriyalik sportchi.
Eslatib o‘tamiz, Robert Uittaker (26-7) va Xamzat Chimaev (13-0) jangi 26 oktyabr kuni Abu-Dabidagi "UFC 308" turnirida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar