Isroil Madrimov ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi

  • 16 avgust, 2020, 07:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Hozirgina Isroil Madrimov hamda amerikalik Erik Uoker o‘rtasidagi jang ham o‘z yakuniga etdi.

Tecno

Mazkur to‘qnashuv yurtdoshimiz uchun avvalgi janglariga nisbatan juda qiyin kechgan bo‘lsa-da,  g‘alaba qozonishga erishdi. Shu kunga qadar beshta jangda ringga ko‘tarilib, barchasida nokaut bilan g‘alaba qozongan Madrimov, bu safar to‘liq 12 raund harakat qildi. So‘nggi raundda raqibini nokdaunga ham tushira oldi. Bunga qadar haqiqiy nokaut ham hisobga olinmagan edi. Xullas, Isroil ochkolar hisobidagi katta ustunlik bilan g‘alaba qozondi.Shunday qilib, yurtdoshimiz yakuniy eliminator jangida ham muvaffaqiyatga erishib, WBA jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogarga aylandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!