Isroil Madrimov vaznida barcha kamarlar uchun mutlaq chempionlik jangi bo‘ladi

  • 12 aprel, 2021, 09:56
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBA, IBF, WBC chempionlik kamarlari egasi amerikalik Jermel Charlo WBO chempioni argentinalik Brayan Karlos Kastanoga qarshi mutlaq jahon chempionlik jangi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Boxingscene sayti xabar bermoqda. Ikkala bokschi ham "Premier Boxing Champions" promouterlik kompaniyasi mijozlari hisoblanadi. Jang sanasi va manzili hozircha rasman e’lon qilinmadi.

WBC chempioni bo‘lgan Charlo (34-1, 18KO) 28 centyabr kuni WBA va IBF chempioni Jeyson Rosarioga (20-2-1, 14KO) qarshi birlashtiruvchi jangda ringga ko‘tarilib, 8-raundda muddatidan oldin g‘alaba qozondi va 3ta kamar egasiga aylandi.

Kastano (17-0-1, 12KO) 13 fevralda o‘z hamyurti Patrik Teysheyrani (31-2, 22KO) mag‘lub etib, unga tegishli bo‘lgan WBO chempionlik kamarini tortib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu vaznda hamyurtimiz Isroil Madrimov (7-0, 5KO) WBA yo‘nalishida 1-o‘rinda bormoqda va WBA jahon chempionlik kamari uchun majburiy da’vogar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!