Isroil Madrimovning sobiq raqibi kamar uchun ringga ko‘tariladi

  • 4 noyabr, 2020, 23:27
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Osiyo Chempioni va jahon chempionati sovrindori qozog‘istonlik Tursunbay Qulaxmet (1-0, 1KO) MTK Global bilan shartnoma imzolagan va o‘zining profescional debyut jangini 18 iyul kuni o‘z vatanida  MTK Kazakhstan kompaniyasi tashkil etgan jang kechasida o‘tkazib, g‘alaba qozongandi. Qulaxmet o‘zining navbatdagi jangini 11 noyabr kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.

E’tiborli jihati, u super yarim o‘rta vazn toifasida (69 kg) ikkinchi jangidayoq WBC International kamari uchun mag‘lubiyatsiz odimlayotgan britaniyalik Makauley MakGouanga(14-0-1, 3 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. Agar, Qulaxmet ushbu to‘qnashuvda g‘alabaga erishsa, WBC reytingida "top-15"dan joy oladi. Jang Britaniyada tashkil etiladi va ESPN + kanali orqali translyatsiya qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, Tailandda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati chorak finalida Qulaxmet Isroil Madrimovni mag‘lub etgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!