Italiya A Seriyasi prezidenti ham koronavirusga chalindi
Italiya A Seriyasi prezidenti Paolo Dal Pinoning koronavirusga topshirgan testi musbat natija berdi. Bu haqda La Repubblica nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Dal Pino ayni damda uy karantiniga olingan. Unda hozircha kasallikning jiddiy belgilari mavjud emas.
Dal Pino 5 oktyabr kuni Italiya sport vaziri Vinchentso Spadafora bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Shu bois vazir ham o‘z ixtiyori bilan karantinga chiqqan.

Fikrlar