Italiya chempioni Fayzullaevga yordam beradi...

  • 28 sentabr, 2024, 09:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKA shov-shuvli transferni rasman amalga oshirib bo‘ldi. Evropa milliy chempionatlarida “Olimpik Lion”, “Roma”, “Yuventus”, “Barselona” kabi mashhur klublarida o‘ynagan Miralem Pyanich faoliyatini “armiyachilar” safida davom ettiradi.

Tecno

Bosniyalik futbolchi yangi klubi bilan shartnoma imzolaganidan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

- Futbolga bo‘lgan avvalgi ishtiyoqim bilan yangi sargushatlarga tayyorman. Yangi jamoaga qo‘shilganimdan xursandman. Kelinglar, hammasini uddalaylik, - dedi 34 yoshli futbolchi.

Rossiya futboli ekspertlari bu transferni keng muhokama qilyapti. Xususan, Italiyada ko‘p karra chempion bo‘lgan yarim himoyachining TsSKA tarkibida kimning o‘rnini egallashi, o‘yin sxemasiga mosligi, jamoaga qanday yordam bera olishi kabi masalalar dolzarb mavzuga aylandi.

Ayrim mutaxassislar Miralem Pyanich TsSKA hujum chizig‘i etakchisi hisoblangan Abbosbek Fayzullaev bilan kuchli tandem hosil qilishini, serbiyalik yulduz o‘zbek futbolchisiga yaxsh yordamchi bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga rossiyalik ekspertlarning Pyanich transferi haqidagi fikr-mulohazalarini havola qiladi.

Vladimir Ponomarev, TsSKA sobiq futbolchisi, ekspert:

Futbol biznesga aylanib ketgan. O‘yinchilar ko‘proq pul ishlab olishga harakat qiladi. Shunga qaramay, Pyanich TsSKAga kerak bo‘ladigan futbolchi. Hech bo‘lmasa, bir mavsum yuqori saviyada o‘ynashga kuchi etadi. Tajribali, yuqori saviyali yarim himoyachi sifatida TsSKA uchun muhim o‘yinchi bo‘lamiz. O‘zimizdan kimdir etishib chiqqunicha, o‘ynab tursa bo‘ladi.

Yuriy Afanasev, football24.ru sayti eksperti:

Maydon markazi “armiyachilar”ning eng nozik nuqtalaridan biri. Bosh murabbiy Marko Nikolich bu pozitsiyani kuchaytiradigan o‘yinchi qidirayotgan edi.

Miralem Pyanich asosiy tarkibdagi joy uchun 19 yoshli Matvey Kislyak va serbiyalik legioner Sasha Zdelar bilan raqobatlashadi. Individual mahorat bobida bu ikki o‘yinchi Pyanichga yaqinlasha olmaydi. Bosniyalik futbolchi uzoq masofaga aniq to‘p oshirish va standart vaziyatlardan foydalanishga juda usta. Uning eng katta ustunligi – intellekt.

Pyanich Abbosbek Fayzullaevga ideal yordamchiga aylanadi. Chunki bu o‘yinchi hujum chizig‘i vakillarini aniq pas orqali to‘p bilan ta’minlab turadi.

Vladislav Radimov, Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi, ekspert:

Pyanich – yuqori saviyali o‘yinchi, u o‘z mahoratini Evropa maydonlarida namoyish qilgan, katta klublarda o‘ynagan.

Tabiiyki, Miralem faoliyatining cho‘qqisi ortda qolgan deyish mumkin, lekin uning mahorati juda yuqori. Miralem Pyanich maydonda Abbosbek Fayzullaev darajasidagi o‘yinchilar bilan juda tez til topishib ketadi.

Eslatib o‘tamiz, 34 yoshli Pyanich Frantsiyaning “Mets” jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida “Olimpik Lion”, “Roma”, “Yuventus”, “Barselona”, “Beshiktosh”, “Sharja” kabi klublarda to‘p tepgan.

Pyanich faoliyati davomida to‘rt karra Italiya chempioni, ikki karra Italiya chempioni va Superkubok sohibi, Ispaniya kubogi g‘olibi bo‘lgan.

Bosniya va Gertsegovina terma jamoasi safida 115 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 18 marotaba ishg‘ol qilgan.

Frantsiyada o‘zbek futbolchisiga e’tibor qaratishdi!

Rossiyada legionerimizni nega o‘ynatishmayapti?

Yurich uch futbolchini tarkibga kiritmadi: Shomurodov “Evro-2024” qahramoni Niko Uilyamsga qarshi o‘ynaydimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
27/09/2024 18:13
сербиялик эмас, босниялик!