Italiya futbolchilari g‘alaba uchun qancha oladi?

  • 13.07.2021 21:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropa chempionatida g‘olib chiqqan Italiya terma jamoasi futbolchilariga beriladigan mukofot pullari miqdori ma’lum bo‘ldi.

Terma jamoa ushbu g‘alaba uchun 28 million evro bilan taqdirlanadi.

Har futbolchiga mukofotning umumiy summasidan 250 ming evrodan ajratiladi. Agarda italiyaliklar final uchrashuvini boy berganida futbolchilarning mukofoti 200 ming evroni tashkil qilar edi.

Ma’lumki, Italiya finalda Angliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi va penaltilar seriyasida 3:2 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!