Italiya klubi Garnachoga ko‘z tikdi

  • 13.07.2026 14:15
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Chelsi" jamoasida to‘p surib kelayotgan vinger Alehandro Garnacho yaqin vaqtlar ichida Italiya ning "Roma" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, rimliklar 22 yoshli argentinalik futbolchini jamoaga qo‘shib olishga jiddiy qiziqmoqda. Shu bilan birga, "Roma" hozircha shoshilmayapti va muzokaralarda kutish taktikasiga amal qilmoqda. Klub "Chelsi" transfer bo‘yicha talablarini pasaytirishini kutyapti.

"Roma" Garnachoni avval ijaraga olib, keyinchalik sotib olish huquqiga ega bo‘lish variantini ko‘rib chiqmoqda. Biroq londonliklar hozircha faqat to‘liq transfer variantiningina muhokama qilishga tayyor ekani aytilmoqda.

O‘tgan mavsumda Garnacho barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 43 ta o‘yinda maydonga tushdi, sakkizta gol urdi va to‘rtta golli uzatma berdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!