Italiyada 28 yoshli darvozabon vafot etdi
“Rejina” klubi sharafini himoya qilgan Daniel Leone 28 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda u bilan birga to‘p tepgan futbolchi Kristian Pudjoni xabar berdi.
20014 yili iste’dodli darvozabon Leonening miyasida shish borligini aniqlangan edi. Kasallik sababli faoliyatini to‘xtatgan futbolchi bir yildan so‘ng, davolanib yana futbolga qaytdi.
Biroq, 2017 yili kasallik qaytalandi. Leone shu yilning avgust oyida operatsiya qilingandi.
- Men sening qat’iyatingni hurmat qilardim, muxlising edim. To‘rt yillik kurashdan keyin seni yo‘qotdik. Ko‘pchilik seni hayotdagi eng muhim to‘qnashuvda engildi, deyishi mumkin. Lekin sen g‘olibsan. Sen hayotdagi muammolar bilan qanday kurashish kerakligini ko‘rsatib qo‘yding, - deb yozdi Kristian Pudjoni ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Fikrlar