
Italiyada mavsumning eng yaxshilari e’lon qilindi
Italiyada yakunlangan mavsumning eng yaxshilari aniqlandi. Unga ko‘ra, har bir nominatsiya bo‘yicha A Seriya o‘yinlari, kubok va Superkubok o‘yinlarida qayd etgan natijalariga qarab futbolchilar tanlab olingan.
Eng yaxshi darvozabon: Voytsex Shchesni ("Yuventus");
Eng yaxshi himoyachi: Stefan de Vrey ("Inter");
Eng yaxshi yarim himoyachi: Alexandro Gomes ("Atalanta");
Eng yaxshi hujumchi: Chiro Immobile ("Latsio");
Eng yaxshi yosh futbolchi: Deyan Kulusevski ("Parma");
Eng yaxshi o‘yinchi: Paulo Dibala ("Yuventus")
Eslatib o‘tamiz, Italiya chempionatida “Yuventus” yana g‘oliblikni hech kimga bermadi. Kubok bellashuvida esa “Napoli” chempion bo‘ldi.
Fikrlar